Olimlar aytishlaricha, shunchaki uxlashning o‘zi yetarli emas. Agar omadingiz chopib, kun davomida bir-ikki soat mudrab olish imkoni bo‘lsa, uyqungizni samaraliroq qiluvchi bir nechta maslahatlarga quloq soling.
Joy
Miyangiz qayerda uxlashingizni biladi va shu sababli aynan o‘sha joylarda sizni uyqu bosadi. Hatto siz aslida uxlashni istamasangiz ham, to‘satdan, deylik, divanda o‘tirganingizda sizni mudroq bosishi mumkin, negaki miyangiz bu joyni uyqu va dam olish bilan bog‘laydi. Yotoqda uxlash odatiy uyquingizni yaxshilashi mumkin. Chunki u aynan mana shu joy uyquning o‘rni ekanligini mustahkamlaydi. Uyqu buzilishi holatlarida joyning ahamiyati yana ham ortadi.
Qulay sharoitlar
Qulaylik sub’yektiv tushuncha bo‘lsa ham, uyquingizning sifatini yaxshilaydigan ayrim tavsiyalar bor. Yorug‘lik melatonin – ufqu va tetiklik siklini tartibga soluvchi gormonning tabiiy ishlab chiqarilishiga halaqit beradi. Shu sababli, yaxshisi, pardalar yoki ko‘z uchun niqob yordamida barcha yorug‘lik manbalaridan o‘zingizni ihotalang.
Xona harorati – sog‘lom uyquning boshqa bir muhim jihati. Salqin xonada uxlash afzalroq ekani ma’lum, chunki past haroratda tanamizning faolligi tabiiy tarzda susayadi va uyqu tortadi. Aynan shuning uchun ham, odamlar muzlab qolishdan oldin uxlab qoladilar.
Shovqinning masalasi boshqacha. Uxlaganimizda biz tabiatan zaif holatda bo‘lamiz va uxlab yotgan bo‘lsangiz ham, qulog‘ingiz ishlab turadi va miyaga signallar yo‘llab boradi – toki sizga notanish tovushlar eshitilganda sizni uyg‘otsin va xavfdan asrab qolsin.
Kayfiyat – bu ham muhim omil. Dars paytida yoki ish kunining o‘rtasida uxlab qolish hammaga tanish bo‘lishi ehtimol – ko‘zingizni yumdingiz-u, tamom, uyquga ketasiz va yana darhol uyg‘onasiz. Bu noxush holat, chunki miyangiz uxlash istagi va bu sababli noqulay ahvolga tushishni istamaslik o‘rtasida yorilib ketay deydi.
Davomiylik
Kunduzi bir soatda ko‘proq uxlasangiz “mast holatda” uyg‘onish xatariga uchraysiz. Gap shundaki, bir soatdan ziyod uxlaganingizda siz uyquning chuqur fazasiga kirasiz va shu fazada uyg‘onganda, o‘zingizni “sochilib ketayotgan”dek his qilasiz. Kunduzgi uyqu vaqtini 40 daqiqagacha chegaralash tavsiya etiladi.
Qachon
Uyqu vaqti sizning ish jadvalingiz va qachon haqiqatan charchoq his qilishingizga bog‘liq. Olimlar haqiqatan uyqu bosganda mudrab olishni tavsiya qiladilar, chunki bu yaxshigina tetiklantiradi. Tushlikdan keyingi uyquchanlik kun davomida o‘zgarib turuvchi ichki haroratimizning biroz tushishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Tungi smena ishchilari yoki standart uyqu rejimiga rioya etmaydiganlar odamlarga ish kuni boshlanishidan oldin mudrab olish tavsiya etiladi – bu biroz kuch yig‘ib olish imkonini beradi. Uyqu vaqti o‘ta individual masala. Siz o‘z tanangizni yaxshiroq bilasiz, shu sababli tiniqib uxlab olishingizga nima yordam beradi-yu, nima uyqu sifatini buzishiga e’tibor bering.