Iqlim oʻzgarishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga va aholining farovonligiga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bugungi kunda ekologik menejment va tabiiy resurslarni boshqarish jihatlari mamlakat va kompaniyani iqtisodiy rejalashtirish jarayoniga qanchalik samarali integratsiyalangani masalasi muhimligicha qolmoqda. Mamlakatlar hukumatlari va kompaniyalar rahbariyati yangi iq

limiy sharoitlarga moslashish zaruratini tobora yaxshiroq anglamoqdalar, bu ekologik xavfsiz xatti-harakat qabul qilinishi va ijtimoiy masʼuliyat strategiyalarini ilgarilatishga olib keldi.

Koʻplab olimlar va butun dunyodagi tadqiqotchilar tabiat va atrof-muhitni yaxshilashning maksimal muvofiq keluvchi usullarini topish bilan yaqindan shugʻullanmoqdalar. Shu munosabat bilan OAV va ilmiy adabiyotda “yashil investitsiyalar” nomi bilan tanilgan ekologik toza investitsiyalar tobora keng shuhrat qozonmoqda.

Yashil investitsiyalar – bu atrof-muhitni asrashga yoʻnaltirilgan, yangi asrovchi texnologiyalarni joriy etishni, yashil moliyaviy mahsulotlarni, muqobil energetikaning yangi bozorlarini va yashil energiya turlarini rivojlantirishni koʻzda tutuvchi loyihalar va modellarni moliyalash manbalaridir.

Moliya bozorining segmenti sifatida “yashil” moliyalash tiklanish bosqichida turganiga qaramay, “yashil” kreditlar, “yashil” obligatsiyalar, “yashil” investitsiyalar fondi va “yashil” fond indekslari kabi moliyaviy vositalar jadal rivojlanishni namoyish etmoqdalar. Ekspertlar baholashlariga koʻra, 2030-yilda dunyoda “yashil” loyihalarni amalga oshirishga taqriban 93 trln dollar sarflanadi[1], ularni taʼminlash uchun tegishli moliyaviy vositalardan keng foydalanish kerak boʻladi.

Investitsiyalar obyekti ekologik foydali loyiha boʻladimi-yoʻqligini aniq belgilash muhim masalaligicha qolmoqda. Anʼanaviy “noyashil” tarmoqda ekologik ongli biznes yuritish uslublaridan foydalanish nuqtayi nazaridan tarmoq yetakchisi boʻlgan biznesning aksiyalarini sotib olish hamma uchun ham “yashil” investitsiya sanalmaydi. Masalan, atrof-muhit muhofazasi sohasida yaxshi koʻrsatkichlarga ega neft kompaniyasini koʻraylik. Kompaniya oʻzining neft quduqlarini burgʻulash boʻyicha kundalik amaliyotlari davomida atrof-muhitga har qanday bevosita zararning oldini olish uchun eng yaxshi chora-tadbirlarini koʻrayotgan boʻlsa ham, koʻplab investorlar yashil investitsiyalar sifatida uning aksiyalarini sotib olishga qarshi chiqadilar, chunki qazib olinadigan yoqilgʻini yoqish global isishning asosiy omili sanaladi.

Shu munosabat bilan “yashil” loyihalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish zarurati tugʻildi.

2005-yilda BMT, 12 ta mamlakatdan institutsional investorlar ishtirokida, Oltita masʼuliyatli investitsiyalar tamoyilini ishlab chiqdi, uning tamoyillaridan biri kompaniyaning ESG (environmental, social, governance) tamoyillariga muvofiqligini tekshirish sanaladi. ESG-mezonlarga muvofiq, kompaniyalar uchta yoʻnalish boʻyicha baholanadi: ekologiya, ijtimoiy rivojlanish, korporativ boshqaruv (1- rasmga qar.).

[1] Communication from the Commission. Action Plan: Financing Sustainable Growth. https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=CELEX:52018DC0097

1-  rasm. “Yashil” loyihalarni baholashning ESG-mezonlariga misollar

Keyingi yillarda ekologik va ijtimoiy masalalar boʻyicha tahlillar va investorlardan soʻrovlar sezilarli ortgani kuzatilmoqda, bu ham masʼuliyatli investitsiyalash konsepsiyasini amalga oshirishdagi taraqqiyot bilan bogʻliq.

Shuningdek, moʻljal olish hamda ekologik doʻstona investitsiyalarni aniqlash uchun 2014-yilda Xalqaro kapital bozorlari uyushmasi (ICMA) tomonidan boshqa manfaatdor moliyaviy muassasalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ixtiyoriy “yashil” obligatsiyalar tamoyillari qoʻllaniladi. Bu tamoyillar yoʻl xaritasi boʻlib, ularda “yashil loyihalar”ning namunaviy roʻyxati belgilangan (2- rasmga qar.).

2-  rasm. Yashil loyihalar roʻyxati

Ham investorlar, ham kompaniyalar uchun yashil investitsiyalarning bir qancha afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Taʼkidlash zarurki, “yashil” moliyalash mamlakatimizda ham faol rivojlanmoqda. Chunonchi, 2019-yil 4-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2019-2030-yillarda “yashil” iqtisodiyotga oʻtishi strategiyasi tasdiqlandi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston tiklanuvchan manbalardan energiya ishlab chiqarish boʻyicha anchayin yuqori texnik salohiyatga ega, uning 97 foizi quyosh energiyasiga toʻgʻri keladi. Quyosh generatsiyasi salohiyati 525 mlrd.dan 760 mlrd kVt/s.gacha tashkil qiladi. Buning sababi – bir yildagi quyoshli kunlar soni 320, faol quyosh yoritishi soatlari esa, oʻrtacha 3000 soatni tashkil qiladi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston shamol energetikasi sohasidagi prognoz salohiyat 500 gVt.dan ziyod quvvatga ega, yaʼni amaldagi butun energiya tizimidan 30 barobar kuchli qurilmalar oʻrnatish imkonini beradi [1].

Strategiya Oʻzbekiston tomonidan 2017-yil 19-aprelda imzolangan Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Parij kelishuvi majburiyatlarini bajarishni taʼminlashga, shuningdek 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Oʻzbekistonning “yashil” iqtisodiyotga oʻtishi strategiyasida ustuvor yoʻnalishlar tasdiqlangan (3- rasmga qar.).

[1] Manba: uza.uz

3-  rasm. Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlari[1]

Strategiyada, shuningdek, „yashil“ iqtisodiyotni, jumladan “yashil” investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlari ishlab chiqilgan.

       4-  rasm. Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari

Strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish sohasida boshqaruvni yaxshilashga, tabiat resurslarini oqilona isteʼmol qilish va asrashga, issiqxona gazlari tashlanishini qisqartirishga, “yashil” energiyadan foydalanishni taʼminlashga va iqlim barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Shu tariqa, “yashil” loyihalarga investitsiya kiritish xatarga ega kapital sanaladi, chunki bu sohadagi koʻplab kompaniyalar past daromadli, foydasi yuqori baholangan, rivojlanish bosqichidagi kompaniyalar sanaladi. Biroq, uzoq istiqbolda bu hol kamroq tayyorgarlik koʻrgan investorlar va kompaniyalar oldida sezilarli afzalliklarni taʼminlashi mumkin.

[1] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “2019-2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishi strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4477-sonli Qarori

 

 

Yulduz Alimova

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *